Bosh murabbiy Marat Qurbonov ushbu qit'a birinchiligi uchun 49 kilgorammdan 91 kilogrammgacha vazn toifasidagi 10 nafar sportchini tanlab olgan. Shuningdek, Lochin Qo‘chqorov boshchiligidagi ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabi 48 kilogrammdan 81 kilogrammgacha bo‘lgan 10 nafar sara bokschi qizlarimizni jalb etgan.
Turizm va sport vazirligi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan barcha bokschilarimizning zafar qozonishiga umid bildiradi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.