Boks bo‘yicha O‘zbeksiton terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) o‘z sovrinlari orasiga Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘shib qo‘ydi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan final jangida tailandlik Thitisan Panmotni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Endi Hasanboyda har bir bokschi erishishi mumkin bo‘lgan titullar to‘liq ko‘rinishga keldi.
Boks bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov delegatsiyamiz hisobiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov ham sovrinlari sonini to‘liq ko‘rinishga keltirdi.
+92 kg vazn toifasining finalida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda azaliy raqiblaridan biri, qozog‘istonlik Kamshibek Konkbayev ustidan yana bir bor g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.