Bokschilarimiz “Thailand Open” turnirida birinchi boʻlishdi

    Sport 2 Iyun 2025 1125

    Bangkok shahrida boks boʻyicha “Thailand Open” xalqaro musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

    Qayd etilishicha, final janglarida ishtirok etgan 9 nafar vakilimizdan 5 tasi gʻalaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

    Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi turnirda 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Gʻolib va sovrindorlar:

    Oltin medal:

    • -50 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
    • -55 kg: Faryozbek Doʻsmatov
    • -85 kg: Nusratbek Tohirov
    • -48 kg: Farzona Fozilova
    • -75 kg: Aziza Zokirova

    Kumush medal:

    • -70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
    • -75 kg: Javohir Abdurahimov
    • -51 kg: Sabina Boboqulova
    • -54 kg: Feruza Kazakova

    Bronza medal:

    • -60 kg: Madiyar Daniyarov
    • -80 kg: Samandar Jalolov
    • -90 kg: Elyorbek Joʻraboyev
    • +90 kg: Abdurahmon Rustamov
    • -57 kg: Nigina Oʻktamova
    • -65 kg: Navbahor Hamidova
    • -70 kg: Oysha Toirova