BAAda boks bo'yicha qit'a chempionati yakuniga etdi. Kecha bo'lib o'tgan final bahslarda o'zbekistonlik 10 nafar bokschining 7 nafari ringga ko'tarildi. SHuni quvonch bilan aytish mumkinki, ularning oltitasi o'z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo'lishdi. Quyida final bahs natijalarini diqqatingizga havola qilamiz:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov — Daniyal Sabit (Qozog'iston) 5:0

-52 kg: SHahobiddin Zoirov — Amit (Hindiston) 3:2

-56 kg: Miraziz Mirzaxalilov — Xarku enx-Amar (Mo'g'iliston) 2:3
-69 kg: Bobousmon Baturov — Ablayxan Jusupov (Qozog'iston) 3:2
-75 kg: Saidjamshid Ja'farov — Abilxan Amanqul (Qozog'iston) 4:1
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov — Meysam Geshlagi (eron)3:2
+91 kg: Bahodir Jalolov — Qamshibek Konkabaev (Qozog'iston) 5:0

SHunday qilib, boschilarimiz 6 ta oltin, 1 kumush va 3 bronza medaliga ega chiqib, umujamoa hisobida qit'ada tengi yo'q ekanligini isbotlashdi.