Yaponiyaning mashhur TBS yangiliklar manbasida aytilishicha, oʻzbek bokschilari delegatsiyasi 46 nafar tarkibda Yaponiyaga yetib kelishgan.
Barchasi tegishli testlarni topshirib, 14 kunlik karantin uchun Tokioga yaqin Suginami tumanidagi mehmonxonaga joylashtirilgan.
Dastlabki test natijasiga koʻra, biror bir vakilimizda virus aniqlanmagan.
Ular 21-iyulgacha jismoniy tayyorgarlikka moʻljallangan mehmonxonada boʻlib, ushbu maskandan chiqmagan holda mashgʻulotlarini olib borishadi.