“11-sentabr kuni taxminan soat 10:50 da Naxichevan Avtonom Respublikasi Sadarak tumanining Haydarobod aholi punkti yo'nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalari o'qotar qurollardan o'qqa tutildi. Armaniston qurolli kuchlari bo'linmalari qarama-qarshi pozitsiyalarda joylashgan”, deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo'linmalari “tegishli javob choralarini ko'rdi”, deb xabar beradi tass.ru.