Boku va Urganch o'rtasida haftasiga bir marta havo qatnovlari yo'lga qo'yilmoqda

    Ozarbayjonning «Azal» aviakompaniyasi Urganch va Boku o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnavlarini yo'lga qo'yadi.

    «Uzbekistan Airports» AJ ma'lumotiga ko'ra, birinchi muntazam yo'lovchi qatnovi joriy yil 28- yanvarga mo'ljallangan. Ular Airbus A320 samolyotlarida haftasiga bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Eslatib o'tamiz: Urganch shahri Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O'zbekistondagi to'rtinchi shahar bo'ladi. Bokudan Toshkentga havo qatnavlari haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Farg'onaga — payshanba kunlari.

    1992- yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yo'llari (Azal) yirik aviatashuvchi bo'lib, Boing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo'lgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblandi.