баннер
25 Mar 2025
22:56

    Bokuda O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda qo‘shma korxona ochildi

    Biznes 23 Yanvar 2025 557

    Ozarbayjon poytaxtida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda «Premier Elektronics» kompaniyasi tashkil etildi va uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tkazildi.

    Mazkur loyiha Ozarbayjonga yuqori qo‘shilgan qiymatli milliy elektrotexnika jihozlari eksportini yanada oshirish maqsadida Ohangaron iqtisodiy zonasida joylashgan «Premier» maishiy texnika ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

    Tadbirda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbariyati, Ozarbayjon tadbirkorlari ishtirok etdi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mahsulotlar narxi va sifatini yuqori baholadilar hamda «Premier Elektronics» jihozlari Ozarbayjon bozorida munosib o‘rin egallashiga umid bildirdilar.

    Birinchi bosqichda kompaniya tomonidan turli hajmdagi sovutgichlar, televizorlar, kir yuvish mashinalari va konditsionerlar savdosi yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida «Premier» zavodi maishiy texnikasini ishlab chiqarish liniyalarini Ozarbayjonda ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

    «Premier» kompaniya yiliga salkam 5 million dollar miqdorida elektrotexnika jihozlarini Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qiladi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech