Bokudagi COP29 sammiti doirasida Prezidentimiz bir nechta norasmiy suhbatlar oʻtkazdi

    Global sammitlar jahon yetakchilarining uchrashuv va muzokaralari uchun muhim maydon hisoblanadi. Bokudagi COP29 sammiti ham bundan mustasno boʻlmadi.

    Suratlarda: Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ozarbayjon parlamenti Raisi Sohiba Gafarova, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan norasmiy suhbatlar oʻtkazdi.

    Bugun va ertaga davlatimiz rahbari oʻndan ortiq muhim uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.