Bola huquqlari boʻyicha vakil Misrdagi yurtdoshlarimizning yashash sharoitini oʻrgandi

    Avval xabar berganimizdek Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) - Bola huquqlari boʻyicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Arab Respublikasida boʻlib turibdi.

    Mazkur tashrif doirasida tashkil etilayotgan rasmiy uchrashuvlar bilan bir katorda delegatsiya rahbari Aliya Yunusova Misr poytaxti Qohira shaxrida istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Suhbat davomida Bola huquqlari boʻyicha vakil hamyurtlarimizning turmush tarzi, mehnat faoliyati va farzandlarining talim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

    Shu bilan birga, A.Yunusova Misrda yashayotgan oʻzbek ayollari va qizlar bilan suxbatlashib, ularga bolalar huquqlarini himoya qilish ushbu soxadagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha tushuntirishlar berdi, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot xizmati.