Keyingi yildan boshlab bola tugʻilganidan soʻng tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

2023-yil 1-oktabrdan boshlab:

nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda oʻqituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi;

2023/2024-oʻquv yilidan boshlab:

“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;

2024-yil 1-apreldan boshlab:

“Barkamol avlod” bolalar maktablari aʼzolarining IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yoʻnalishlari boʻyicha startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.