Bundan koʻzlangan maqsad — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusi hamda “2021-yil — Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan mamlakatimizda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yosh tadqiqotchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan kursantlarni yaqindan tanishtirish.
Vazirlikning koʻrgazmalar zalida respublika boʻylab iqtidorli talabalar, yosh olimlar tomonidan yaratilgan yangi innovatsion mahsulotlar namunalari, dasturiy taʼminot mahsulotlari, istiqbolli loyihalar va ilmiy ishlanmalar bilan vazirlik masʼul xodimi tomonidan tanishtiruv boʻlib oʻtdi. Tashrif yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev mamlakatimizda innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar toʻgʻrisida yoshlarga batafsil maʼlumot berib oʻtdi.
Shuningdek, u oʻz maʼruzasida yosh tadqiqotchilar, intiluvchan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan vazirlik huzurida “Yoshlar akademiyasi” faoliyati tashkil etilganligini ham aytib, boʻlajak bojxonachilarga ham “Yoshlar akademiyasi”ga aʼzo boʻlishni va oʻzlarining yangi-yangi gʻoyalari bilan ishtirok etishni taklif qildi.