Taʼkidlanganidek, Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-19 fevral kunlari viloyatga tashrifi davomida berilgan tegishli topshiriqlar natijasida bunyod etilgan ushbu Mehribonlik uyi binosi istiqlolimizning 30 yillik shodiyonasi arafasida bolajonlar uchun katta sovgʼa boʼldi.

Mazkur yangi binoda 76 nafar tarbiyalanuvchiga moʼljallangan yotoqxona, oʼquv xonalari, 10 turdagi toʼgarak xonalari, 80 oʼrinli oshxona binosi, yopiq basseyn, zamonaviy sport zallari mavjud. Hududdagi ochiq sport va oʼyin maydonchalari yangidan qurildi. Shuningdek, muassasaga tegishli barcha maydonlar qaytadan obodonlashtirildi, xonalar ichiga zamonaviy elektron oʼquv texnika vositalari va jihozlar oʼrnatildi.

Maʼlumot oʼrnida aytish lozimki, ushbu Mehribonlik uyi 2004 yilda tashkil etilgan boʼlib, ayni vaqtda bu yerda 3 yoshdan 18 yoshgacha boʼlgan  40 nafar oʼgʼil-qiz tarbiyalanadi.