Kitob 11 dekabr kuni Derbishirdagi kimoshdi savdosida 6,2 million rublga sotildi. Ushbu kitobning birinchi egasi 58 yoshli britaniyalik ayol bo‘lgan. U kitobni 26 yil oldin sayohat paytida sotib olgan.

Britaniyalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, u yosh sehrgar haqidagi kitobni hali bunday mashhurlikka erishmagan paytda 8 funtga sotib olgan. Sayohat paytida ayol ushbu kitobni bolalariga o‘qib berish uchun xarid qilgan. Keyinchalik u kitob javonidan 26 yilga joy olgan.

Mutaxassisning fikricha, bu Potterning birinchi romanining juda kam uchraydigan noyob birinchi qattiq muqovali nashri. Chop etilgan 500 ta kitobdan 300 tasi kutubxonalarga, qolganlari esa do‘konlarga yo‘l olgan.