Joriy yilning 25-yanvar kuni bemor B.B.ning ogʻzaki koʻrsatmasiga koʻra tushlikda ukasi M.A. bilan birga uyiga yaqin joydagi oziq-ovqat doʻkonidan tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotini sotib olib, tayyorlab isteʼmol qilishgan. Lapsha mahsulotini tayyorlash jarayonida mahsulotda aynish belgilari, oʻzga yot hid va taʼm sezilmagan.

Oʻsha kuni 17:00-18:00larda B.B. uyida 1-1,5 yildan buyon saqlanib turgan, nomi va ishlab chiqaruvchisi hamda sotib olgan joyi nomaʼlum 500 gr.ga yaqin selofan paketda saqlanib turgan, kukin koʻrinishidagi kemiruvchilarga qarshi dori bilan uy atrofi, oshxona va bitta xonaga sepib chiqqan. Kemiruvchilarga qarshi dorini sepish vaqti va sepganidan soʻng xonalarda oʻtkir hid sezilgan.

2023-yil 26-yanvar kuni soat 7:00-8:00larda M.A.da hamda B.Bda soat 9:30-10:00larda qayd qila boshlagan. Belgilar oʻtib ketmagandan soʻng tushlik vaqtida tez yordam chaqirilgan. Lekin ota-onasi tomonidan uyda davolanish maʼqul koʻrilgan. M.A. va B.B. qayd qilishga qarshi dorilar qabul qilishgan.

Oʻsha kuni tungi soat 23:00-24:00lar atrofida M.A. va B.B.lar takroriy qayd qila boshlashgan. 27-yanvar kuni soat 6:00-7:00larda “Tez yordam” chaqirib, Respublika bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi. Lekin bemorlarning kasallik belgilari yuqumli kasalliklardan boʻlmaganligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filialiga yuboriladi.

Shifokorlar tomonidan bemorlarga “Fosfororganik birikmalardan oʻtkir zaharlanishning ogʻir va oʻrta ogʻir darajasi” birlamchi tashxisi qoʻyilgan. M.A. kelgandagi ahvoli ogʻir holatda, reanimatsion chora-tadbirlar olib borilishiga qaramasdan bemorda 27-yanvar soat 09:24 da biologik oʻlim qayd qilindi. Fuqaro B.B ning ahvoli qoniqarli boʻlib, sogʻligi shifokorlar nazoratiga olingan.
Yuqoridagi holat boʻyicha takroriy murojaatlar boʻlmagan va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Sanepidxizmat matbuot xizmati