“Bolalar ligasi”da Andijon jamoasi chempion bo‘ldi

    Samarqandda o‘tkazilgan “Bolalar ligasi” mini futbol musobaqasining respublika bosqichi nihoyasiga yetdi.

    3-o‘rin uchun Navoiy viloyati Farg‘ona jamoasi bilan maydonga tushib, 2:0 hisobda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    Minglab futbol shinavandalari katta zavq bilan tomosha qilgan final o‘yinida Toshkent shahri juda ko‘p hujumlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da biroz omad yetishmadi chog‘i, bironta zarba darvozani ishg‘ol qilolmadi. Natijada Andijon 3:0 hisobda musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘ldi.