Qarorga muvofiq:
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan obyekt 280 oʻrinli davlat muassasasi shaklidagi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etildi.
Markazda pediatriyaning barcha yoʻnalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya boʻyicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish, shu jumladan neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya kabi sohalarni rivojlantiriladi.
respublika va hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini pediatriyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha muvofiqlashtirish, ixtisoslashtirilgan, shu jumladan yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etish;
pediatriyaning barcha yoʻnalishlari boʻyicha tibbiyot sohasidagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ishtirok etish;
bolalar kasalliklari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
Markazga:
xorijiy va mahalliy mutaxassislarni boshqaruvchi, konsultant, maslahatchi va tibbiyot xodimi sifatida jalb qilish va ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, lavozim maoshi hamda boshqa toʻlovlarni belgilash va toʻlash;
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari Markaz boʻysunuviga oʻtkaziladi.








