Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi.

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha 18 yoshga to'lgan oyning oxirigacha to'lanadi.

Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta oilalarga va yakka-yolg'iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi.

Oila:

– 2021 yil 1 sentyabrdan — oilaning har bir a'zosiga jami bir oylik o'rtacha daromad 440 ming so'mdan oshmaganda;

– 2022 yildan boshlab — oilaning har bir a'zosiga jami bir oylik o'rtacha daromad minimal iste'mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta'minlangan deb e'tirof etiladi.

– Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tegishli arizalarga asosan “Yаgona reestr” AT orqali kam ta'minlangan oila deb e'tirof etilgandan so'ng tayinlanadi.

–  Har bir oila tomonidan ariza topshirish va «Yаgona reestr” ATga kiritish bir oyda bir marta amalga oshiriladi.

– Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ariza beruvchi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boshlab to'lanadi.