“SHifoxonalar homiladorlikni sun'iy to'xtatish haqida emas, balki bolani saqlab qolish to'g'risida ko'proq qayg'urishlari kerak”, deydi u o'z nutqida.

Bu haqdagi hujjat allaqachon Kreml`, Davlat dumasi va Federatsiya kengashiga yuborilgan.

Hujjatda keltirilishicha, Rossiyada 2019 yil aholi ko'payishining tabiiy pasayishi holati bo'yicha oxirgi o'n bir yil ichida eng yuqori ko'rsatkich qayd etilgan: o'tgan yilning to'qqiz oyida 256 ming bola tug'ilmasidan nobud bo'lgan.

Bolaning tug'ilishiga qashshoqlikka olib keluvchi xavf sifatida qaralmoqda.

Kuznetsovaning fikriga qarshi chiqqan deputat Oksana Pushkinning fikricha, dori tanqisligi va shifokorlarga bo'lgan bosim masalani hal qilishdagi to'g'ri echim emas. Barcha ayol ham Kuznetsova kabi etti nafar farzand ko'rolmaydi. Ularni tarbiyalab, ta'lim-tarbiya berishning ham o'zi bo'lmaydi.

Deputatning ta'kidlashicha, so'nggi yillarda abortlar soni sezilarli kamaygan. “Lekin bu “taqiq”dan emas, balki hukumatning oilalarga berayotgan ko'magi, maxsus l`gota va subsidiyalar hamda ayollar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borilganining samarasidir”, deydi u.

Rossiya Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Tatyana YAkovleva fikriga ko'ra esa, bola tug'ilishini sun'iy to'xtatuvchi dorilarni cheklash noqonuniy abortlar soni oshishiga sabab bo'ladi. Bu esa ayollar salomatligiga ko'proq zarar etkazib, onalar o'limiga olib keladi.