Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

    Prezidentning tegishli qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyulgacha “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni roʻyxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yoʻnaltirish jarayonlarini oʻz ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi.

    Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar oʻtkazish imkoniyati yaratiladi.

    2025-yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

    Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab (Akademik xab) tashkil etiladi.

    Akademik xab ilmiy-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:

    • xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy taʼlim tizimi boʻyicha ballar toʻplash standartlariga mos keladigan xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish;
    • strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.