Bolalar shoiri vafot etdi

    Tashvishli xabar 4 Aprel 2024 902

    Taniqli bolalar shoiri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi.

    Raim Farhodiy 1942 yil 16 may kuni Samarqand shahrida tug'ilgan. 1955 yili Samarqand tibbiyot institutini, 1971 yili Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan.

    U 1967 yildan buyon YOshlar tashkiloti lektori, "Zvezda Vostoka" jurnali she'riyat bo'limi mudiri, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti bosh muharriri o'rinbosari, "Xalq so'zi" - "Narodnoe slova" gazetalari madaniyat bo'limi muharriri va boshqa nufuzli nashrlarda turli vazifalarda ishlagan.

    Ayni paytda u O'zbekiston Yоzuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” (“Rodnichok”) bolalar jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

    Raim Farhodiy bolalar uchun 50 dan ortiq she'riy va nasriy kitoblar yozgan. U etuk tarjimon ham edi. O'zbek bolalar she'riyatidan asarlarni, Navoiy, Bobur g'azallarini rus tiliga tarjima qilgan.

    Raim Farhodiy 1989 yil "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni, 1999 yil “Do'stlik” ordeni bilan taqdirlangan.