Qarorga koʻra, tadbirkorlik subyektlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali oʻzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15-yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10-yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10-yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi.