Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, qoʻshimcha taʼlim quyidagi turlarni oʻz ichiga oladi:
- bolalar uchun qoʻshimcha taʼlimni;
- katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha taʼlimni.
Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim uzluksiz taʼlim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish, maʼnaviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha taʼlim ularning taʼlimga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qoʻshimcha bilim va koʻnikmalarni egallashiga koʻmaklashish uchun tashkil etiladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.








