Uchrashuvda turli internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarni deinstitutsionallashtirish boʻyicha xaritalashtirish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir. Agar u toʻgʻri boshqarilsa, bolalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha mukammallashtirilgan va sezgirroq xizmat koʻrsatish uchun katalizator va moliyalashtirish manbasi boʻlishi mumkin. Sababi, qator xorijiy davlatlarning bu boradagi ilgʻor tajribalariga nazar solsak, jamiyatdagi bolalar va oilalar bilan bogʻliq aksariyat muammolar hal etilayotganini hamda oz sonli bolalargina muqobil yordamga va internat tipidagi muassasalarda parvarishlanayotganiga guvoh boʻlish mumkin.

Bolalarni deinstitutsionallashtirish borasida dastlab muassasalarga joylashtirilgan bolalar, shuningdek ularning oilalari, qarindoshlari va doʻstlari toʻgʻrisida toʻliq statistik maʼlumotlarni olish uchun institutsional muassasalar xaritasi tuzib olish maqsadga muvofiq. Keyinchalik, internat muassasalarida har bir bolani parvarish qilish va saqlash xarajalari haqida maʼlumot toʻplanadi. Keyingi bosqichda esa monitoring maʼlumotlari asosida vaziyatni baholash amalga oshiriladi. Bunda murakkab turmush tarziga tushib qolgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish holatigi alohida eʼtibor qaratiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar xaritalashtirish loyihasini amalga oshirish boʻyicha asosiy vazifalarni belgilab olindi. Jumladan, qator vazirliklar (Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Moliya, Ichki ishlar vazirliklari), Bosh prokuratura, Tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish agentligini hamda “SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari” nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent viloyati xokimligi vakillarini jalb qilgan holda texnik guruh tuzishga kelishildi. Tomonlar bolalarni xaritalashtirish loyihasini joriy yilning avgust oyida Toshkent viloyatida oʻtkazilishini rejalashtirishmoqda, deb xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) matbuot kotibi