Qayd etilishicha, mazkur alomatlar СOVID-19ning og‘ir shaklidan so‘ng uch oy ichida paydo bo‘ladi va kamida ikki oy davom etadi. Natijada bunday o‘g‘il-qizlar asosan holsizlik, hid bilmaslik, burun bo‘shlig‘i to‘qimalarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanishi hamda bezovtalikdan aziyat chekadi.

Ekspertlar fikricha, bunday sindrom davomli COVID-19 bilan xastalangan har qanday bemorda paydo bo‘lishi mumkin. 

Tahlillarga ko‘ra, 2021-yil oxirida koronavirusga chalinganlarning 3,7 foizida yuqoridagi tasniflarga mos sindrom rivojlanishi kuzatilgan. Shuningdek, infeksiya yuqqanidan 12 oy o‘tgach, ularning 15,1 foizida doimiy simptomlar saqlanib qolgan.

Shu sababli JSST kasallikdan ishonchli himoyalanish, unga xos og‘ir asoratlarning oldini olish uchun aholiga to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.