Qonun loyihasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi asosida ishlab chiqilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yig‘ilishida mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi qonun loyihasi uchun mas’ul etib belgilandi.

Hujjat bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Qonun loyihasi 29 sentyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.