баннер
11 Apr 2025
18:46

    Bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlgan tarbiyachi oʻz xohishi bilan ishdan boʻshadi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlayotganligi aks etgan video tarqaldi.

    Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha, Payariq tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi ishchi guruhi oʻrganishlar olib borgan.

    Oʻrganish natijalariga koʻra, holat tumandagi 44-DMTTda sodir boʻlganligi aniqlandi.

    Maktabgacha taʼlim tashkilot tarbiyachisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilingan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech