Mazkur murojaati “NAZAR MEDICAL” MCHJni jalb etgan holda oʻrganilganda korxona tomonidan isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilganligi, xizmatlar esa amaldagi talablarga muvofiq bajarilganligi maʼlum qilingan.

Bundan tashqari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli organ Sogʻliqni saqlash vazirligini jalb etilgan holda oʻrganishlar davom ettirilganda, vazirlik tomonidan bolalar terapevtik stomatologiyasi ixtisosligi boʻyicha tibbiy faoliyatga litsenziya berilmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, klinika tomonidan fuqaroning farzandi tegishli tibbiy hujjatlar taqdim etilmaganligi shuningdek, bemorga koʻrsatilgan stomatologik tibbiy xizmat davolash klinik protokollarga mos ravishda amalga oshirilmaganligi haqida ekspert xulosasi berilgan.

Shundan soʻng, toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda litsenziya talablari boʻyicha chora koʻrish uchun vakolatli organga yuborilib, “NAZAR MEDICAL” MCHJga nisbatan aniqlangan litsenziya talab va shartlarining buzilishi bilan bogʻliq kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot taqdim etilishi boʻyicha qaror chiqarilgan.