Qarorga koʻra, 2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:
- aholining yashash darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kambagʻal oilalar kam boʻlgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalar;
- olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat bogʻchalar;
- aholining toʻlov qobiliyati past (kambagʻal oilalar nisbatan koʻp boʻlgan) hamda demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalar;
- ijtimoiy soha muassasalarining boʻsh binolarida qisqa muddatli guruhlar.
2025-yil yakunigacha kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish taʼminlanadi.