Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

    Raqamlashtirish 10 Iyun 2022 1848

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 317-son qarori asosida my.gov.uz portalida “Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish boʻyicha ekspertlarni akkreditatsiya qilish” xizmati ishga tushirildi.

    Endilikda bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasi ekspertlari akkreditatsiyadan oʻtish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega boʻldilar.

    Talabgorlar oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

    Xizmatdan foydalanishda toʻlov undirilmaydi.

    Ekspertlarni akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

    Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan ekspertlarga guvohnoma beriladi.

    Guvohnomaning amal qilish muddati – 5 yil.