Bolani itlar hujumidan saqlab qolgan haydovchi taqdirlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi "Yoshlar" mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan avtogurargoh oldida ketayotgan bolaga itlar hamla qilgani va taksi haydovchisi uni qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi. 

    Samarqand viloyati IIBning maʼlum qilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni tasvirga tushib qolib, keyin tarqalgan holat Samarqand shahrining Nabiyev-4 koʼchasida sodir boʼlgan hamda oʼsha kuniyoq bolaga tibbiy-psixologik yordam koʼrsatilgan. Аyni paytda bolakayning holati yaxshi.

    Kecha, 11-iyul kuni Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan taksi haydovchisi, 23 yoshli Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirdi.

    Shuningdek, Firdavs Ahmedovga esdalik sovgʼalari topshirildi.