Bolgariya bilan turizm sohasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi

    Turizm 21 Iyul 2023 1307

    Joriy yil 20-iyulda Madaniyat va turizm vazirligida Bolgariya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muhtor elchisi Atanas Kristin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda asosan O‘zbekiston va Bolgariya Respublikalarining turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalri ko‘rib chiqildi.

    Vazirning birinchi o‘rinbosari U.Azamov va elchi janoblari muloqot davomida Bolgariya Respublikasidan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish, O‘zbekistonning turistik salohiyatini Bolgariya ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etish masalalarini muhokama qildi.

    Shuningdek, Bolgariya va O‘zbekiston o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda Bolgariyaning turizm yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlovchi universitetlarining «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.