Bu haqda mamlakat texnik hukumati ichki ishlar vaziri Kalin Stoyanov voqea joyini dastlabki tekshiruvdan so'ng ma'lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, 49 yoshli erkak va 20 yoshli qiz og'ir kuyish jarohatlari bilan voqea joyidan evakuatsiya qilingan va ular shifoxonada vafot etgan.
25-iyul kuni kechqurun pirotexnika omborida yong'in sodir bo'ldi va uning atrofidagi aholi evakuatsiya qilindi. Avvalroq bir kishining o'limi haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish davom etmoqda, deb xabar beradi report.az.