Boliviyani yengdik. Navbatdagi raqibimiz Venesuela

    Terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodovning yagona goli yurtdoshlarimizga gʻalaba keltirdi.

    Saudiya Arabistonida yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi kecha Boliviyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodovning yagona goli yurtdoshlarimizga gʻalaba keltirdi.

    Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, ushbu goli evaziga E. Shomurodov milliy jamoadagi gollari sonini 34taga yetkazib, M. Shaskixga yetib oldi. Endi ikki futbolchi terma jamoa tarkibida kiritgan gollari soni boʻyicha rekordchi boʻlib turibdi. Ammo Eldorda bu rekordni yangilash imkoni bor.

    28-mart kuni Srechko Katanes shogirdlari Janubiy Amerikaning yana bir jamoasi – Venesuelaga qarshi bahs olib boradi.