Boltiq dengizida tankerda yong'in sodir bo'ldi, ekipaj a'zolari qutqarildi

    Germaniyaning Kyulungsborn shahri yaqinida, Boltiq dengizida 73 metrlik neft-kimyo mahsulotlari tashishga mo'ljallangan Annika tankeri yonib ketdi.

    Ekipajning barcha yetti nafar a'zosi qutqaruv qayig'ida kemadan olib ketildi.

    Bu haqda Germaniya suvdan qutqaruvchilar jamiyati ma'lum qildi.

    Yong'inni o'chirishda ARKONA qutqaruv kreyseri, Federal transport vazirligi tomonidan ijaraga olingan “Baltika” chuqur dengiz qutqaruv buksiri va ko'p maqsadli “Arkona” kemasi ishtirok etmoqda.

    Germaniya Favqulodda vaziyatlar qo'mondonligi keyingi chora-tadbirlarni umumiy nazoratga oldi, deb xabar beradi report.az.

    Xabar berilishicha, Annika tankerida 640 tonna og'ir neft mavjud.