Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Fargʻona viloyati vakolatli ofisi bilan hamkorlikda Qoʻqon va Fargʻona shaharlarida ishbilarmonlar uchun tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishning oʻziga xos jihatlari boʻyicha seminar-treninglar tashkil etildi.
Shundan soʻng mehmonlar safarini Qoʻqon shahridagi “Xon saroyi”, Rishton tumanidagi “Hunarmandlar uyi” hamda Margʻilon shahridagi “Yodgorlik” va “Hunarmandlar markazi”ga sayohatda davom ettirdilar.
Germaniyaning Sequa gGmbH nodavlat tashkiloti muvofiqlashtirayotgan “BOOST” loyihasi doirasida koʻzlangan maqsad Yevropa ittifoqining grant mablagʻlari hisobidan 2020-2023-yillar mobaynida mamlakatimizning Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida toʻqimachilik sohasida energosamaradorlikni oshirish, eksportga koʻmaklashish, yosh tadbirkorlarni tayyorlash, sertifikatlash va boshqa masalalar yuzasidan treninglar oʻtkazish va shu orqali toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga hissa qoʻshilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati.
SEQUA gGmbH – bu global miqyosda faoliyat yurituvchi notijorat, rivojlanish tashkiloti boʻlib, 1991-yildan beri Germaniya xususiy sektori bilan yaqin hamkorlikda xalqaro hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirmoqda. Uning faoliyati xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan. SEQUA gGmbH biznesga aʼzolik tashkilotlari, kasb-hunar taʼlimi va savdo-sotiqni rivojlantirish boʻyicha nou-xau va uzoq muddatli tajribani taklif qiladi. Tashkilot Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan boʻlib, unda 90 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi va 2019-yilda 46 million yevrolik savdo aylanmasini amalga oshirgan.