Boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va kam taʼminlangan 6 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi.
— Turmush oʻrtogʻim olamdan oʻtgach, 3 nafar farzandim bilan yashayman,–deydi «Lolaariq» mahallasida istiqomat qiluvchi D. Qurbonova. — Nafaqa puliga qarab oʻtirmasdan, oʻzim ishlab, oilamni tebratsam degandim. Mahallaga murojaatim bekor ketmadi, tikuv mashinasi berishdi.
Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rahbari oʻrinbosari Jahongir Xidirovning soʻzlariga koʻra, tikuv mashinasi topshirilgan ayollarni buyurtmalar bilan taʼminlash, tayyor mahsulotlariga xaridor topish uchun mutasaddilar bilan zarur choralar koʻriladi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Piskent tumanidagi 5 nafar ogʻir sharoitda yashayotgan ayollar xonadonini taʼmirlash uchun 50 mln soʻm, 10 nafar bemor xotin-qizlar davolanishi va dori-darmon uchun 20 mln soʻm mablagʻlar ham ajratildi.