Boquvchisini yo'qotgan talabaga pensiya to'lanadimi?

    Savol: Farzandim 20 yoshda. YAqinda universitetga o'qishga kirdi. Boquvchimiz yo'q. Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlansa, qachondan boshlab pensiya to'lanadi?

    Javob: Vafot etgan boquvchining ta'lim tashkilotiga o'quvchi yoki talaba sifatida qabul qilingan 18 yoshdan katta yoshdagi oila a'zosiga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi u o'quvchi yoki talabalar safiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'lanadi.

    Vafot etgan boquvchining 18 — 23 yoshdagi oila a'zosi O'zbekiston hududidagi ta'lim tashkilotining o'quvchisi yoki talabasi ekanligi Pensiya jamg'armasi bo'limi tomonidan mustaqil ravishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimidan olingan elektron so'rov orqali aniqlanadi.