Bu haqda Seneweb axborot portali xabar berdi.
Unga ko'ra, yo'qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda, ularning aniq soni noma'lum. Hozircha rasmiylar to'rt kishining o'limini rasman tasdiqladi.
O'z navbatida Reuters olti kishi hayotdan ko'z yumgani va to'rt nafar odam qutqarib qolingani haqida xabar berdi. Hozirda bedarak yo'qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Kema qirg'oqdan 4 kilometr uzoqlikda ag'darilib ketdi. Kema bortidagi muhojirlarning aksariyati Senegalning qirg'oq bo'yidagi Mbur shahri aholisi bo'lgan. Ular Ispaniyaga qarashli Kanar orollariga yo'l olishgan. Kema halokati sabablari noma'lum, deb xabar beradi report.az.