Ko'pchilik kasallik deb hisoblaydigan bosh aylanishi aslida, har xil kasalliklarda uchraydigan belgi hisoblanar ekan.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat asosan gormonal o'zgarishlar, qaltis harakat natijasida, alkogol iste'mol qilganda, juda kuchli parhez qilganda, suvsizlanish, quyosh urishi, haddan tashqari kuchli fizik zo'riqish, qand miqdori pasayganda, arterial qon bosimi pasayganda, bir qator dorilar iste'mol qilgan vaqtda, homiladorlik va hayz tsiklida ko'p qon yo'qotganda kuzatiladi.

Bundan tashqari bir qator kasalliklarda: LOR a'zolari kasalliklarida, bosh miya kasalliklarida, yurak-qon tomir kasalliklarida, psixik kasalliklarda, umurtqa pog'onasi va bo'yin sohasi osteoxondrozida ham bosh aylanishi ro'y beradi.

Bosh aylangan vaqtda asta-sekinlik bilan o'tirish, keyinchalik yotishga harakat qilish,  chuqur-chuqur nafas olish, yuzni sovuq suv bilan yuvish, yuzga sovuq kompress qo'yish tavsiya etiladi.

 Bu holat ko'p takrorlansa hamda kuchayib boraversa, terapevtga murojaat qilish kerak bo'ladi.