Germaniya Bundesligasi 29-turidagi “Leypsig” – “Hoffenhaym” bahsi  davom etayotgan paytda, kutilmaganda, bosh hakam Bastian Dankert oʻyinni toʻxtatdi. Gap shundaki, oʻsha paytda iftor vaqti boʻlgan va mezbonlar himoyachisi Muhammad Simakanga ogʻiz ochish imkoniyat yaratilgan edi. Simakan suv va shirinlik bilan ogʻiz ochgan paytda, boshqa futbolchilar xotirjamlik bilan oʻyin davom etishini kutishdi.

Tribuna.uz yozishicha, fransiyalik 21 yoshli futbolchi roʻza tutganiga qaramay, jamoasi yirik gʻalabaga erishgan bahsda 90 daqiqa faol oʻynagan.