Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar Oʻzbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti vaʼda qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali oʻtkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.
Bosh konsulxonaning maʼlum qilishicha, hozirda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilmoqda va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqda.
Noqonuniy migratsiyaga koʻmaklashishning oqibatlari:
— 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi
— Ogʻir jarimalar va deportatsiya
— Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum boʻlish
— Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlari