Bosh konsulxona koronavirusga chalingan o'zbekistonlik talabalar bilan bog'liq vaziyatni nazoratga olgan

    Salomatlik 25 Iyun 2020 1572

    Volgograd davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarda koronavirus infektsiyasi qayd etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

    Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko'ra, ayni paytda universitet administratsiyasi bilan aloqa o'rnatilib, vaziyat nazoratga olingan.

    Kasallikka chalingan 10 nafar talaba COVID-19 dan davolanishga ixtisoslashgan shahar shifoxonasiga yotqizildi.

    Koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo'lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan.