Tadbir chog'ida vatandoshlarimiz O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan umumdavlat dasturlari bilan tanishtirildi. Xususan, diniy sohadagi erkinliklar va shaffoflik, bag'rikenglik tamoyillariga asoslangan davlatimiz siyosatiga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv qatnashchilari Bosh konsulxona tomonidan ko'rsatilayotgan konsullik-huquqiy xizmatlar bilan ham tanishdilar.
Suhbat so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.