Bosh miya oʻzini oʻzi «yeyishi»ga olib keluvchi sabab

    Bilasizmi? 27 Iyul 2021 7674

    Bilasizmi, yangilikni aniqlaganimizda miyaning tuzilishi oʻzgaradi. Demak uning shakli barqaror emas.

    Uyqudan uygʻonganimizda esa miyamiz uncha katta boʻlmagan lampochka ishlashi uchun yetarli boʻlgan energiyani ishlab chiqaradi.

    Bosh miyaning faqatgina oʻng yoki chap taraf pallasi ishlashi haqidagi gaplarning barchasi uydirma. Aslida, ular oʻzaro maʼlumot almashgan holda ishlashadi.

    Baʼzan bolalarga nisbatan oʻta qattiqqoʻl boʻlamiz, oiladagi shafqatsizlik bolaning miyasiga juda qattiq salbiy taʼsir qiladi.

    Yosh bolalar miyasi organizmdagi glyukozaning 50 foizini sarflaydi, (bu raqam kattalarning miya faoliyatiga nisbatan ancha yuqori.) aynan shuning uchun ham shifokorlar bolani vaqtida uxlashini va foydali mahsulotlar isteʼmol qilishini tavsiya etadi.

    Ozish uchun och holatda yurishni tanlash juda katta ziyon boʻlib, bu miya “oʻzini oʻzi” yeyishga olib kelishi mumkin.

    Yoshi ulugʻlar bejizga gina saqlovchi insonlarga nisbatan miyang yomon oʻylar bilan qotib qoladi deyishmas ekan. Unutish, kerakmas maʼlumotlarni miyadan oʻchirib yuborish, uning egiluvchanligini saqlab qoladi. Bu xususiyat miya faoliyatida oʻta muhim.

    Feruza Joʻrayeva tayyorlagan