Mazkur tarmoq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurash sohasida tajriba va maʼlumot almashinuvi orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, tarmoq aʼzo davlatlarga korrupsiyaga qarshi kurash, xususan korrupsiyaga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish hamda jinoiy yoʻl bilan orttirilgan daromadlarni qaytarib olish uchun aʼzo davlatlarga maʼlumot almashish va  hamkorlik uchun imkoniyat taqdim etadi.

GlobE tarmogʻi BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining 48-moddasida koʻrsatilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida idoralararo hamkorlikni taʼminlash maqsadida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan.

Tarmoq 2021-yilda ish boshlagan boʻlib, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining 36-moddasida (korrupsiyaga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar) koʻrsatilgan BMTga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari uchun ochiqdir.

Hozirda GlobE tarmogʻiga 61 davlatning 104 ta huquqni muhofaza qiluvchi organlari aʼzo boʻlgan. Bu haqida Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.