Tahlil natijalariga ko'ra, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1 577 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 210 nafari o'zganing mulkini o'zlashtirish va rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeini suiiste'mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo'rlik, 22 nafari mansab soxtakorlik, 15 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 milliard so'm miqdorida moddiy zarar etkazilgan bo'lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 milliard so'mi undirilgan.