Bosh prokuratura oʻqituvchilarga qoʻl koʻtargan zoʻravonni aniqladi

    Zoʻravon ham oʻqituvchilarning hamkasbi ekan.

    Bosh prokuratura tomonidan aniqlanshicha, 2023-yil 14-aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli oʻrta taʼlim maktabining direktor xonasida oʻtkazilayotgan yigʻilishda 34 yoshli erkak (oʻqituvchi) ikki nafar ayol oʻqituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.

    Mazkur holat yuzasidan 18-aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari davom etmoqda.