Bosh prokuratura xorijlik jurnalistning o‘limi yuzasidan bayonot berdi

    Toshkentda rossiyalik jurnalist, "Byulleten kinoprokatchika" jurnali muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi topildi.

    37 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev vafot etganligi holati yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmokda.

    Bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

    O‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    "Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi", deyiladi xabarda.