Departament huzurida Ilmiy-tahliliy va oʻquv markazi ochiladi. Markaz yashirin iqtisodiyotga sabab boʻlayotgan omillarni aniqlab, ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqadi, tizim xodimlarini iqtisodiy jinoyatlarni aniqlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitadi.

Shu bilan birga, Bosh prokuraturada ham yashirin iqtisodiyot boʻyicha alohida boshqarma va uning hududiy boʻlimlari tashkil qilinadi.

Departament 5 ta muhim yoʻnalish:

  • qurilish,
  • farmatsevtika,
  • alkogol va tamaki,
  • noqonuniy import,
  • naqdlashtirish va kapitalni noqonuniy chetga olib chiqish borasida keskin oʻzgarish qilish shartligi koʻrsatib oʻtildi.